• Biz bilan aloqa
  • +99866 233 17 05
  • english1@samdchti.uz
Ingliz tili-I fakulteti hamda Roman-german tillari fakultetlari hamkorligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yoshlarni tarbiyalashdagi 5 ta muhim tashabbusning to‘rtinchi tashabbusi “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish” bo‘yicha 2019-yil 19-sentabr kuni Ingliz tili-I fakultetining dekani A.Ismailov, kafedra mudirlari N.Amriddinova, M.Ismatova va G.Obruyevalar Roman-german tillari fakultetiga tashrif buyurishdi. 

Ular o‘zlarining uylaridagi shaxsiy kutubxonalaridan fransuz tilidagi badiiy adabiyotlar, darsliklar hamda materiallar olib kelishdi va fransuz tili va madaniyati markaziga topshirishdi. 

Talabalarga kitobxonlikni afzallik tomonlari haqida ma’lumot berishdi. Xuddi shunday tadbirni Ingliz tili-I fakultetida Roman-german tillari fakulteti jamoasi tomonidan amalga oshirilishiga kelishib olindi.

Share: