• Biz bilan aloqa
  • +99866 233 17 05
  • english1@samdchti.uz
Ingliz tili – I fakulteti

   Samarqand davlat chet tillar instituti rektorining 1995-yil 17-yanvarda 1-sonli buyrug‘iga asosan Ingliz filologiyasi fakulteti tashkil etildi. 2014-yil Xorijiy til (ingliz tili) va adabiyoti yo‘nalishi ochildi. Shu yildan boshlab “Ingliz tili fakulteti” deb nomlandi. Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining 2018-yil 25-oktyabrdagi 3-son bayoni bilan tasdiqlangan va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan 2018-yil 2- noyabrda kelishilgan “Samarqand davlat chet tillar instituti tashkiliy tuzilmasi”ga asosan Ingliz tili fakulteti negizida “Ingliz tili I fakulteti” tashkil etildi.

O‘quv ishlari

Ingliz tili-I fakultetida ikkita ta’lim yo‘nalishi mavjud.

1. 5111400 – Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

2. 5120200 – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til: ingliz tili

1. 5111400-Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 765 nafar talaba (193 nafari grant, 572 nafari to‘lov-kontrakt.) tahsil olmoqda. 765 nafar talabadan 200 nafari o‘g‘il bolalar (45 nafari grant, 155 nafari kontrakt), 565 nafarini qiz bolalar (148 nafari grant, 417 nafari kontrakt) tashkil etadi. Ushbu talabalarning 628 nafari o‘zbek guruhlarida, 137 nafari rus guruhlarida tahsil olmoqda

2. 5120200-Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 101 nafar talaba (18 nafari grant, 83 nafari to‘lov-kontrakt) tahsil olmoqda. 101 nafar talabadan 1 nafari o‘g‘il bola (1 nafar kontrakt), 100 nafarini qiz bolalar (18 nafari grant, 82 nafari kontrakt) tashkil etadi. Ushbu talabalarning 68 nafari o‘zbek guruhlarida, 33 nafari rus guruhlarida tahsil olmoqda

Ushbu kafedralarda 1 professor, 7 dotsent, 11 ta katta o‘qituvchi, 1 xorijlik mutaxassis va 38 ta o‘qituvchi faoliyat olib bormoqdalar.

Bugungi kunda fakultet Angliya, Rossiya Federatsiyasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari hamda Toshkendagi Britaniya Kengashi va UzTEA tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Bundan tashqari fakultet professor-o‘qituvchilari Respublika va xorijda malaka oshirib kelmoqdalar.

FAKULTET KAFEDRALARI


Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi
Ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasi
Ingliz tili leksikasi va stilistikasi kafedrasi
Ingliz tili o`qitish metodikasi va amaliyoti kafedrasi

BAKALAVRIATURA


5111400 – Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
5120200 – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til: ingliz tili

MAGISTRATURA

5A111401 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
5A120103 Lingvistika: ingliz tili

Share: